Rossiya fuqaroligini olish burokratiyadan mutlaq xoli bo‘lishi kerak - Putin

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishRossiya pasporti
Rossiya pasporti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentining fikriga ko‘ra, rossiya fuqaroligini olish imkon qadar burokratiyadan xoli bo‘lishi kerak, ayniqsa sobiq Ittifoq mamlakatlari fuqarolari uchun.

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin prezident huzuridagi Madaniyat va san’at qo‘mitasi hamda Rus tili qo‘mitasi uyushgan kengashida Rossiya fuqaroligi olish masalasi imkon qadar burokratiyadan xoli bo‘lishi kerakligini va shu bilan birga xavfsizlik haqida unutmaslik kerakligini ta’kidladi, Sputnik Moldova xabariga asosan.

"Men, Rossiya fuqaroligi olish masalasi, ayniqsa sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari fuqarolari uchun, imkon qadar burokratiyadan xoli bo‘lishi kerakligiga Hukumat diqqatini bir necha bor qaratganman", — dedi Vladimir Putin.

Uning so‘zlariga qaraganda bunga erishish oson emas, asosiysi bu masalada xavfsizlik o‘ta muhim rol o‘ynashini unutmaslik kerak.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda e’lon qilingan qarorga ko‘ra, kelasi yilda chet el fuqarolariga beriladigan Rossiyada "vaqtincha yashashaga ruxsatnomalar" soni 12%ga qisqartirilgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0