Toshkent markazida tantanali miting bo‘lishi kutilmoqda

© YoutubeO‘zbekiston bayrog‘i
O‘zbekiston bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mitingga tayyorgarlik oldidan kuchli xavfisizlik choralari ko‘rilmoqda. Mitingda qatnashishni istaganlar ikki martadan tekshiruvdan o‘tmoqda. Ushbu kabi marosimlar O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham o‘tkaziladi.

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Toshkentdagi "O‘zekspotsentr" ko‘rgazmalar markazida Shavkat Mirziyoyev tarafdorlarining tomonidan bayram tantanasi bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Kecha 4-dekabr kuni O‘zbekistonda prezident saylovi bo‘lib o‘tgan edi. Ayni damda Markaziy saylov komissiyasi to‘plangan ovozlarni hisoblash bilan shug‘ullanmoqda. Saylovning yakuniy natijasi bugun soat 16:00da e’lon qilinishi kerak.

Saylovdan keyin O‘zLiDeP partiyasi shtabi o‘z nomzodi Shavkat Mirziyov kamida 80 % ovoz to‘plaganiga ishonch bildirgan edi.

Ayni damda Shavkat Mirziyoyev tarafdorlari bo‘lgan bir necha yuzlab kishilar O‘zekspomarkaz binosida to‘planishgan. Ularning qo‘llarida O‘zbekiston bayroqlari. Binoda ulkan ekranlar o‘rnatilgan ularda MSKning yakuniy xabari e’lon qilinishi kerak. Shuningdek Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlashi ham kutilmoqda.

Tashkilotchilar aytishiga qaraganda, ushbu kabi tadbir O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham bo‘lib o‘tishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0