Andijon-Moskva tez yurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Andijon va Moskva o‘rtasida Toshkent orqali qatnovchi yangi tez yurar poyezd harakati yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Andijondan Moskvaga tez yurar poyezd yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qilmoqda Darakchi nashri.

"O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Andijon va Moskva o‘rtasida Toshkent orqali qatnovchi yangi tez yurar poyezd harakati yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi", — deyiladi xabarda.

"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" OAJ matbuot xizmatining xabar berishicha, poyezd 2016-yil 16-dekabrdan boshlab xarakatlanishni boshlaydi.

Ushbu yo‘nalishda reyslar haftada bir marta juma kunlari amalga oshiriladi.

Poyezd 3 kunda manzilga yetib boradi. Qatnov vaqti 74 soatni tashkil qiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0