Karimov farmoniga asosan san’atkorlarga berilgan mukofotlar bugun topshirildi

© mcs.uzO‘zbekistonda bir guruh san’tkorlarga mukofot topshirildi
O‘zbekistonda bir guruh san’tkorlarga mukofot topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
24 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning farmoni imzolangan edi

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. O‘zbek Milliy akademik drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan  O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan davlat mukofotlari bilan taqdirlangan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlariga mukofot topshirish marosimi o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot-xizmati.

Toshkent Olimpiya jamoasini kutib olmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov turli soha ilg‘orlarini mukofotlash haqida qaror imzoladi
"Tadbirda O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash,  milliy g‘oyani rivojlantirish,  ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun 82 nafar  fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlariga faxriy unvonlar va orden va medallar topshirildi", — deyiladi xabarda.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchi Xayriddin Sultonov ishtirok etib, nutq so‘zlagan.

Eslatib o‘tamiz, aktrisa Zuhra Ashurova O‘zbekiston xalq artisti, xonandalar Ulug‘bek Rahmatullayev va Milena Madmusayeva O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvonlari bilan, xonandalar Mashhurbek Raimjonov, Manzura Yo‘ldosheva, Nargiza Abdullayeva, Akbar Otumahammedov, shoir Botir Ergashev "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan edilar.

Yangiliklar lentasi
0