Mirziyoyev: Ona xalqimga ta’zim qilaman

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev, saylov natijalari e’lon qilinganidan keyin so‘zlagan nutqida barcha O‘zbekiston xalqiga fuqarolik burchlarini a’lo darajada bajarganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Assalomu alaykum aziz vatandoshlar, qadrli saylovchilar!

Albatta mana shunday sizlarning olqishlaringiz, ko‘tarinki ruhlaringiz har qanday odamga kuch, qudrat g‘urur beradi. Mana shuncha foizlar – bu sizlarning foizlaringiz.

Vatanga sadoqat va muhabbati, kelajak avlodlar oldidagi ma’suliyati naqadar balandligini ko‘rsatgan oq ko‘ngilli xalqimiga o‘zimning cheksiz minnatdorligimni izhor qilmoqchiman.

Buguni natija, mening zimmamga yuklatilgan javobgarlikni yuz baravar, ming karra orttirishini — men to‘g‘ri tushunaman. Menga bildirilgan juda katta ishonch uchun — ona xalqimga ta’zim qilaman.

Mana shu mard va fidoyi, oliyjanob xalqim uchun to‘plangan bilim va tajribam, butun vujudim va borlig‘imni bag‘ishlab, kechayu-kunduz ishlashga tayyorman", — dedi O‘zbekiston yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0