Mirziyoyev yangi Farmonni imzoladi

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25-yil" esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi. Nishon 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi

OShKENT, 6 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25-yil" esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risida" farmoni imzolandi.

O‘zbek harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston suverenitetiga rahna solishga urinadiganlarga qarshi keskin zarba beriladi
Hujjatga ko‘ra, "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25-yil" esdalik nishoni "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 25-yilligini nishonlash hamda davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qo‘shgan harbiy xizmatchilarni, Qurolli Kuchlar faxriylarini va xizmatchilarini qo‘llab-kuvvatlash maqsadida ta’sis etilmoqda.

"O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25-yil” esdalik nishonlari va ularning guvohnomalari bir oy muddatda belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlasin. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.Maxmudov zimmasiga yuklansin", — deyilgan Farmon matnida.

Nizomga muvofiq, "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25-yil" esdalik nishoni bilan O‘zbekiston mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qo‘shgan shaxslar, yuqori professional mahorati, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan harbiy xizmatchilar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha jangovar harakatlarda ishtirok etgan, zaxiraga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqarilgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, harbiy hamda xizmat burchini bajarishda halok bo‘lgan yoxud yarador bo‘lgan va shikastlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari taqdirlanadilar.

Hujjatga ko‘ra, "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25-yil" esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0