O‘zbekiston birinchi bor bodibilding oltin medaliga sazovor bo‘ldi

© Federatsiya bodibildinga UzbekistanaBodibilding va fitness bo‘yicha jahon chempionati
Bodibilding va fitness bo‘yicha jahon chempionati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bodibilding bo‘yicha Tailandda 29-noyabrdan 3-dekabrgacha bo‘lib o‘tgan turnirda 12 sportchidan iborat O‘zbekiston jamoasi 4 sovringa ega bo‘ldi.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Pattayada 2016-yil Bodibilding va Fitness bo‘yicha VIII  jahon chempionati (WBPF)bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Bodibilding va finess federatsiyasi.

29 noyabrdan 3-dekabrgacha bo‘lib o‘tgan turnirda 12 ishtirokchidan iborat O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etdi.

O‘zbekiston tarixida bodibilding bo‘yicha birinchi "oltin" medalni 40-49 yoshli "Bodibilding ustasi" toifasida Pavel Umurzakov yutib oldi.

O‘zbekistonlik Yelena Juravleva "Atlet-fizik" kategoriyasida ikkinchi o‘rinni,

Malika Vakasova esa "Model-fizik" toifasida uchinchi o‘rini egallashdi.

© Federatsiya bodibildinga UzbekistanaBodibilding va fitness bo‘yicha jahon chempionati
Chempionat mira po bodibildingu i fitnesu - Sputnik O‘zbekiston
Bodibilding va fitness bo‘yicha jahon chempionati
Yangiliklar lentasi
0