Jamiyat

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb eʼlon qilindi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishOʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
7 dekabr kuni “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi yilga nom berdi, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.

Oʻzbekistonda saylovlardan keyingi holat - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻhoʻ! Soʻnggi 7 kun ichida Oʻzbekiston ahlini hayratga solgan 5 xabar
Xabarda taʼkidlanishicha, 7 dekabr kuni "Oʻzbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtgan. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va sanʼat namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etgan.

Oʻzbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev tantanali yigʻilishda  maʼruza qilar ekan, kirib kelayotgan yangi — 2017 yilni Oʻzbekistonda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb eʼlon qilishni taklif etgan.

Prezidentining ushbu taklifi yigʻilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan kutib olingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala