O‘zgarishlar ostonasidagi O‘zbekiston

© FacebookShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik o‘zbekiston muxbiri O‘zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ichki va tashqi siyosatda qanday yo‘l tutishi mumkinligi haqida ekspertlarning fikrlari bilan qiziqdi

TOShKENT, 6 dek — Sputnik, Kurilkin Anton. Sputnik  muxbiri ekspertlar bilan O‘zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning dastlabki qadamlari haqida suhbatlashdi

Dastlabki qadamlar

Sentabr oyi boshida Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajarish topshirildi. Saylovgacha bo‘lgan muddat ichida u ko‘plab masalalarni hal qilishga erishdi: Qirg‘iziston bilan chegaralarni delimitatsiya qilish boshlandi, Tojikiston bilan munosabatlar yaxshilanishi tomon qadam tashlandi.

IHT TIVK: "soatlarni to‘g‘rilash" va yangi kreditlar

Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti sammitining o‘tkazilishi doirasida Islom taraqqiyot banki tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritiladigan 1,4 milliard dollar miqdoridagi investitsiyalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Tekstil sanoati hamda oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmalari o‘tkazilishi davomida Rossiya bilan ko‘plab savdo va hamkorlik shartnomalari imzolandi, saylovdan bir hafta oldin esa Rossiya va O‘zbekiston harbiy-texnik hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Ichki siyosatda ham ko‘plab ishlar amalga oshirildi — bir necha oy ichida yuz minglab fuqarolar murojaat qilgan virtual qabulxona tashkil etildi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, virtual qabulxonaga qilingan murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etildi.

Va yana bir eng muhim yangilik — qator iqtisodiy muammolarni hal qiluvchi va eksport cheklovlarini bartaraf qiluvchi Prezidentning "Valyuta siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida"gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Xalq orasida mazkur qonun loyihasi "valyuta" islohoti deya atalmoqda — chunki mazkur loyihaning asosiy maqsadi valyutani erkin almashtirishga ruxsat berish va so‘m kursini bozor ko‘rsatkichlari asosida o‘rnatishga o‘tishdir.

Tashqi siyosat: hamkorlik yo‘li

RFA sharqshunoslik instituti direktori,  MDXMI professori Sergey Luzaninning Sputnik O‘zbekistonga aytishicha, saylangan Prezidentning birinchi navbatdagi vazifasi kadrlar masalasini hal qilishdan iborat bo‘ladi. Bu tashqi siyosatda ham aks etadi.

Jamoani shakllantirish yakunlangach, dedi Luzanin, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning tashqi siyosatida boshqa davlatlar bilan munosabatlar hamda xalqaro tashkilotlar – masalan, KXShT bilan hamkorlik masalalariga e’tibor qaratadi. Rossiya va Xitoy bilan munosabatlar juda muhim o‘rin tutadi.

"Rossiya-O‘zbekiston strategik hamkorligi saqlanib qoladi. Pekin ham muhim hamkor hisoblanadi, ayniqsa iqtisodiy va investitsion sohada. AQSh va YeI borasida esa murakkabroq", — dedi ekspert.

Lukoyl neft zavodi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiya investitsiyalari uchun ochiq

Luzaninning aytishicha, Moskva bilan munosabatlarda asosiy mavzu xavfsizlik masalasi va O‘zbekistonning sobiq sovet makonidagi integratsion jarayonlar — KXShTdagi ishtiroki bo‘ladi. Pekin bilan munosabatlarda esa, ekspertning fikricha, birinchi o‘rinda iqtisodiy va investitsion loyihalar turadi.

Qo‘shnilar bilan munosabatlar yaxshilanishi ham davom etadi. Kun tartibida suv-ekologiya masalasi turadi va ekspertning fikriga ko‘ra, mazkur masala hal etiladi.

Suv muammolarini hal etishda jamoaviy shakldagi tadbirlar – masalan, Shanxay hamkorlik tashkiloti muhim rol o‘ynashi mumkin, deb hisoblaydi Luzanin. Suv masalasida Tojikistonda Rog‘un GESining qurilishi boshlanishi muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov va Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
ShHT sammitidan so‘ng O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlari iliqlashdi

Luzaninning fikricha, bu masalada Toshkentning yon berishini kutish mumkin. Ekspertning izohlashicha, Shavkat Mirziyoyev bu masala bilan Bosh vazirlik lavozimida uzoq yillar shug‘ullangan va mazkur loyihani ipidan-ignasigacha biladi hamda uning barcha jihatlarini o‘rganib chiqqan.

"Mirziyoyev Rahmon bilan munosabatlarni yaxshilab boradi. Bu terrorizm va Afg‘onistondagi tojik toliblariga qarshi kurash uchun kerak", — dedi ekspert.

Ichki siyosat: iqtisodiy islohotlar ustuvorligi

Mustaqil ekspert Yuliy Yusupovning Sputnik O‘zbekistonga bildirishicha, boshlangan valyuta islohoti iqtisodiyotdagi ulkan islohotlarning boshlanishini anglatadi. Iqtisodchining aytishicha, valyuta kursini liberallashtirish ortidan tashqi savdo va bank faoliyati liberallashtirilishini kutish mumkin. Biznes yuritish borasidagi ma’muriy to‘siqlarni olib tashlash va biznes muhitini yaxshilash davom etadi.

Yuliy Yusupov - iqtisod eksperti - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: valyuta islohotlari – ko‘plab iqtisodiy muammolarni hal qiladi

Saylangan Prezidentning saylovoldi dasturidan ham ana shu masalalar o‘rin olgandi. Yusupovning fikricha, islohotlar hozircha umumlashtirilgan holda bo‘lib, meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish jarayoni bormoqda.

"Tizimli islohotlar hozircha umumiy ko‘rinishda belgilangan. Ular qanday tarzda o‘tkazilishi hozircha noaniq. Harholda, islohotlar bilan bog‘liq meyoriy hujjatlar dekabr-yanvar oylarida paydo bo‘lsa kerak", — dedi ekspert.

MDH instituti Markaziy Osiyo va Qozog‘iston bo‘limi mudiri Andrey Grozin ham tez orada iqtisodiy islohotlar o‘tkazilishini bildirdi.

"Dastlab mamlakatning iqtisodiyotini yaxshilashga kirishiladi, zero Mirziyoyevning saylovoldi poygasida aynan mana shu ustuvor vazifa etib belgilangandi. 15-yil davomida iqtisodiyot bilan shug‘ullanib kelgan inson bu vazifani uddalay oladi, deb o‘ylayman", — dedi Grozin.

Turizm sohasidagi tadbirkorlik rag‘batlantiriladi

Haqiqatan ham Prezident vazifasini bajarish davrida Shavkat Mirziyoyev o‘z iqtisodiy dasturining aksariyat bandlarini amalga oshirishni boshladi.

Shu bilan birga uning saylovoldi dasturida sud tizimini islohot qilish hamda demokratiya va turizmni rivojlantirish bandlari ham o‘rin olgan.

Va Prezidentning kuni kecha "O‘zbekiston Respublikasi sayyohlik sohasini rivojlantirishni tezlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni saylangan Prezident darhol so‘zdan amaliy ishga o‘tganini ko‘rsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0