Toshkent Rossiya turistlari uchun MDHdagi eng ommaviy shaharlar o‘nligiga kirdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishToshkent. "O‘zbekiston" mehmonxonasi
Toshkent. O‘zbekiston mehmonxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RoomGuru.ru xizmatining ma’lum qilishicha, rossiyalik turist 2016-yilda Toshkentdagi mehmonxonada o‘rtacha ikki kun turgan va 75 dollar to‘lagan

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Mehmonxona bron qilish bo‘yicha RoomGuru.ru xizmati rossiyalik turistlar uchun 2016-yilda eng ommaviy bo‘lgan shaharlar reytingini tuzdi. Reyting 2016-yil 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar mehmonxonalarning bron qilinish holatidan kelib chiqib tuzildi.

Toshkent shahri 2016-yilda rossiyalik turistlar mehmonxonaga buyurtma bergan MDH shaharlari orasida sakkizinchi o‘rindan joy oldi. Rossiya turistlari eng tashrif buyuradigan MDHdagi 10 shahar Minsk, Tbilisi, Batumi, Boku, Yerevan, Ostona, Almati, Toshkent, Bishkek va Kishinyovdir.

RoomGuru.ru xizmatining ma’lum qilishicha, rossiyalik turist 2016-yilda Toshkentdagi mehmonxonada o‘rtacha ikki kun turgan va 75 dollar to‘lagan.

TurStat agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2016-yilda rossiyaliklarning MDH mamlakatlariga sayohati 15%ga oshgan.

Ilgariroq Toshkent shahri 2016-yil yanvaridan iyuligacha bo‘lgan ma’lumotlar asosida tuzilgan RoomGuru reytingiga kirgan, o‘shanda yettinchi o‘rinda joylashgandi.

Yangiliklar lentasi
0