Pokistondagi samolyot halokatida hech kim omon qolmadi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSamolyot
Samolyot - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OAV bortida 47 nafar kishi bo‘lgan samolyot uchuvchisi layner aviadispetcherlar radarlaridan g‘oyib bo‘lishidan oldin halokat signalini yuborganini yozmoqda

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Pokistonda Chitraldan Islomobodga parvoz qilgan bortida 47 nafar kishi bo‘lgan Pakistan International Airlines samolyoti halokatga uchradi.

Samolyot bortida 42 yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan, deb xabar bermoqda RIA Novosti Daily Pakistan gazetasiga asoslanib.

Samolyot qulagan joyda bo‘lgan hukumat vakili Muhammad Xon "tanib bo‘lmas darajada kuyib ketgan jasadlar" haqida ma’lum qilgan.

Ilgariroq layner parvoz chog‘ida radarlardan g‘oyib bo‘lgani ma’lum bo‘lgandi. OAV bortida 47 nafar kishi bo‘lgan samolyot uchuvchisi layner aviadispetcherlar radarlaridan g‘oyib bo‘lishidan oldin halokat signalini yuborganini yozmoqda

Yangiliklar lentasi
0