Almazbek Atambayev O‘zbekistonga tashrif buyuradi

© © Press-slujba prezidenta KR / Sultan Dosaliyev.Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida Qirg‘iziston rahbari Samarqandda bo‘lib Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltiradi.

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz.

Tashrifning aniq sanasi hali ma’lum emas, lekin Qirg‘ig‘iston rahbari tashrif davomida Samarqandda bo‘lib Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirishi rejalatirilgan.

Ikki kun oldin Qirg‘iziston rahbari Shavkat Mirziyoyevni saylovda erishgan g‘alabasi bilan tabrikab bundan buyon O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlari konstruktiv suhbat va o‘zaro foydali hamkorlik shakliga o‘tishiga umid bildirgan edi.

Shuningdek,  Almazbek Atambayev Mirziyoyev bilan 10-yildan beri tanish ekanligini va endi ko‘p yillardan beri to‘xtatib kelinayotgan loyihalarni davom ettirish vaqti kelganini aytib o‘tgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0