Jamiyat

Oʻhoʻ! Soʻnggi 7 kun ichida Oʻzbekiston ahlini hayratga solgan 5 xabar

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishOʻzbekistonda saylovlardan keyingi holat
Oʻzbekistonda saylovlardan keyingi holat - Sputnik Oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston nashri eʼlon qilgan yangi rukndan dekabr oyi boshida oʻzbek ahli-yu, dunyo hamjamiyatini cheksiz hayratlantirgan 5 yangilik oʻrin olgan

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Dekabr oyining boshlanishi oʻzgacha kechdi: Oʻzbekistonda roʻy berayotgan olamshumul voqealardan tabiat ham "tutab" ketib, qish mavsumining birinchi kunlarida ob-havo harorati naq 20 daraja issiqni tashkil qildi!

Sputnik Oʻzbekiston nashri dekabrning birinchi haftasida hamyurtlarimizni hayratga solgan xabarlarni eslashga qaror qildi.

1. Valyuta islohotlari — Tasavvur qiling, endi chet elga chiqmoqchi boʻlsangiz, 10 ming $ valyutani olib chiqishingiz, 2 ming $gacha boʻlgan valyutani esa, hatto, deklaratsiyada koʻrsatib oʻtmasligingiz mumkin… Davlat portalida valyuta sohasini erkinlashtirish haqidagi qonun loyihasida xuddi ana shu haqda gap boradi. Nima ham derdik, bu oʻzbek jamoatchiligini behad xursand qilib yuborgan xabarlardan biri boʻldi…

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishAQSH dollari
AQSH dollari - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH dollari

2. Atambayev Oʻzbekistonni GES qurishga chaqirdi — Kim aytdi Oʻzbekiston suv tanqisligi muammosi qarshisida, deb? Mana, Qirgʻiziston aynan oʻz qoʻshnisi uchun atay GES qurayotganini eʼlon qildi. "Biz bugun Yuqori-Norin kaskadi va Qambarota-1" boʻyicha ishlashimiz kerak. Agar Oʻzbekiston ushbu qurilishning taʼsischilaridan biri boʻlsa, ayni muddao boʻlardi. Axir bu GES Oʻzbekiston ehtiyojlari uchun qurilmoqda" deya bayonot qildi Atambayev. Aytgancha, u rasmiy Bishkek bundan buyogʻiga faqat oʻz harbiy kuchlariga tayanishini va, shu bois, Rossiya harbiy bazalari mamlakatdan chiqarib yuborilishini ham qoʻshimcha qildi. Xullas, birgina oʻzbeklar hayratda qolgani yoʻq…

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Fotobankka oʻtishYuqori Norin kaskad GES qurilish bazasi
Baza stroiteley Verxne-Narыnskogo kaskada GES - Sputnik Oʻzbekiston
Yuqori Norin kaskad GES qurilish bazasi

3. Erdoʻgʻon Putinni dollardan voz kechishga chaqirdi. Dollar vasvasasi butun dunyoni qamrab olgan boʻlsa — oʻz yoʻliga. Turkiya prezidenti esa dunyo mamlakatlariga bosim oʻtkazishning oʻziga xos yoʻlini oʻylab topgan "gʻanimga" munosib javob qaytarish usulini "kashf qildi". U yaqindagina yarashib olgan hamkasbi — Rossiya prezidenti Putinga — oʻzaro savdoda mahalliy valyutalarga oʻtish taklifini bildirdi. Erdoʻgʻonning soʻzlariga koʻra, uning ushbu qarorini Xitoy va Eron "chapak chalib" kutib olgan.

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishRossiya prezidenti V. Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon
Rossiya prezidenti V. Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti V. Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon

 

4. Shavkat Mirziyoyevning gʻalabasi - Oʻzbekistonda muddatidan oldin oʻtkazilgan prezident saylovlari dunyo hamjamiyati eʼtiborida boʻldi: saylov jarayonini 600ga yaqin xalqaro kuzatuvchilar kuzatdi. Ularning aksariyati "bu saylovlardan oʻrganadigan narsamiz koʻp boʻldi", deya eʼtirof etdi. Oʻzbekiston fuqarolari Shavkat Mirziyoyevning ishonchli gʻalabasi bilan birga yangi prezident tomonidan soʻzlangan birinchi nutqni ham gulduros qarsaklar bilan qarshi olishdi. "Xudoyi Taolo bunday lavozimni xalq oldida sinov uchun berdi", "Niyatim, oyogʻim yerdan uzilmasdan, xalq istak-niyatlarini amalga oshirish", "Xalqning baxtliligini koʻrish va xalqni rozi qilish uchun butun borligʻim bilan harakat qilishga tayyorman" — bu gaplar samimiy va yurakdan aytildi. Oʻzbekiston katta oʻzgarishlar ostonasida!

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishOʻzbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
Situatsiya posle vыborov prezidenta v Respublike Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev

5. Oʻzbekiston 27 davlat uchun viza tartibini bekor qildi — Oʻzbekiston bir emas, ikki emas, balki 27 davlatga viza tartibini bekor qilgani olamshumul yangilik boʻldi. Faqat tojikistonliklar roʻyxatdan oʻzlarini topa olmay bir oz kalovlanib qolishganini aytmaganda, hamda 50 dollarlik toʻlov ham ayrimlarga bir oz koʻpdek tuyulganini inobatga olmaganda, hammasi risoladagidek. Ammo tarixiy obidalarimizga bir qur nazar tashlashni xohlaydiganlar uchun bu toʻlov ogʻirlik qilmaydi, deb umid qilaman.

© Mixail GenisGoʻri Amir maqbarasi, Samarqand
Samarkand, mavzoley Gur Emir (Tamerlana) - Sputnik Oʻzbekiston
Goʻri Amir maqbarasi, Samarqand

Aytgancha, yana bir xabar — Rossiyada "Eshak" nomli restoran ochilgani ham koʻpchilik tomonidan hayrat ila qarshi olindi. Rossiyalik artist Svetlakov "Eshak" nomi bilan butun boshli restoranlar tarmogʻini ochmoqda. Hayratlanganlar orasida restoranga nega bunday nom berilganiga tushunmay, "Nima, restoran oʻz mijozlariga "eshshakday xizmat qiladimi?" deya savol tashlaganlar ham boʻldi. Xullas, kamina bu savolga javob bera olmaydi. Ana shunaqa gaplar…

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala