Rossiyadagi dahshatli YTHda halok bo‘lgan qizning jasadi Toshkentga olib kelindi

© Press-slujba MChS RF / Mediabankka o‘tishXanti-Mansiysk avtonom okrugida ro‘y bergan dahshatli fojia
Xanti-Mansiysk avtonom okrugida ro‘y bergan dahshatli fojia - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Xanti-Mansiysk okrugida ro‘y bergan YTH oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan. Jabrlanganlar orasida ikki nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mavjud bo‘lib, Ergasheva Zulfiya Sarvar qizi mudhish hodisa natijasida halok bo‘lgan, Ergasheva Gavhar Sarvar qizi esa og‘ir ahvolda Xanti-Mansiysk shahrining nevroxirurgik shifoxonasiga yotqizilgan

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, vazirlik Rossiyaning Xanti-Mansiysk okrugida halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi jasadini olib kelish ishlari tashkillashtirmoqda.

Joriy yilning 4-dekabr kuni (Moskva vaqti bilan) soat 14:40 da, Rossiya Federatsiyasining Xanti-Mansiysk okrugida "Tumen-Xanti-Mansiysk" yo‘nalishining 926 kilometrida muayan reys bo‘yicha qatnovchi avtobus ishtirokida, ikki yengil va ikki yuk avtomobillarining to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Avtobusda 34 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

YTH oqibatida 22 kishi jabrlanib, 12 kishi halok bo‘lgan. Jabrlanganlar orasida ikki nafar 2001-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mavjud bo‘lib, Ergasheva Zulfiya Sarvar qizi mudhish hodisa natijasida halok bo‘lgan, Ergasheva Gavhar Sarvar qizi esa og‘ir ahvolda Xanti-Mansiysk shahrining nevroxirurgik shifoxonasiga yotqizilgan.

Joriy yilning 7-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida Xanti-Mansiysk okrugidagi YTH oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Z.Ergashovaning jasadini (marhumning otasi S.Ergashev hamrohligida) Toshkent shahri aeroportiga olib kelinishi tashkillashtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari K.Aripov boshchiligida, tegishli vazirlik idoralar bilan birgalikda marhumning tanasini dafn joyiga (Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Susam QFYga) yetkazib berish choralari ko‘riladi.

Yangiliklar lentasi
0