Dunyoda

Suriyada 3 ming jangari qurol topshirdi

ID jangarilari 500ga yaqin oʻqotar qurol, snayper vintovkalari, 120 mm li minomyotlar topshirib oila aʼzolari bilan Idlib viloyatiga yoʻl olishgan.

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Suriyada oʻtgan kun davomida 3 mingga yaqin ID jangarilari qurollarini  topshirib tinchlik shartnomasi imzoladi. Ular Damashq yaqinidagi Xan-esh-Shayx  shahridan oʻz oilalari bilan 52ta avtobusda Idlib viloyatiga yoʻl olishdi.

“Uzoq vaqt davom etgan muzokaralardan keyin jangarilar tinchlik shartnomasiga qoʻshilishga  rozi boʻlishdi. Muzokaralar juda mashaqqatli boʻldi, juda koʻp ruhiy harakatlar qilish kerak boʻldi”, — dedi Suriyadagi Yarashtirish markazi vakili Aleksey Leщenko.

Yarashtirish markazi xabariga koʻra, jangarilar 500ga yaqin oʻqotar qurol, snayper vintovkalari, 120 mm li minomyotlar topshirgan. Jangarilar Xan-esh-Sheyxda birorta ham butun imorat qoldirishmagan, hamma bino vayron qilingan, har qadamda minatlar topilmoqda. Saperlar har qadamda portlovchi moddalar va qurol-aslaha topmoqda. Ushbu shaharda qurol ishlab chiqaradigan kichik zavodlar va ularni saqlaydigan omborxonlar ham boʻlgan ekan.

Toʻrt yil oldin shaharni tashlab ketgan aholi oʻz uylariga qaytmoqda. Hukumat qoʻshnlari shaharning asosiy infraqurilmasini qayta tilashda

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala