O‘zbekistonda Erkin Vohidovga haykal o‘rnatiladi

© uz24.uzErkin Vohidov
Erkin Vohidov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shoirga haykal o‘rnatiladi, uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film tayyorlanadi

TOShKENT, 8 dek – Sputnik. 2016-yil oxirida O‘zbekiston Xalq shoiri, shu yilning 30-may kuni olamdan o‘tgan Erkin Vohidovning 80-yilligi keng miqyosda nishonlanadi. Bu haqdagi qaror O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida e’lon qilindi.

Hujjatda atoqli shoir va adib, taniqli davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unutilmas hissa qo‘shganligi ta’kidlanadi.

Qarorga ko‘ra, Erkin Vohidovning 80-yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish doirasida uning tanlangan asarlari o‘zbek tilida, shuningdek, she’riy to‘plamlari ingliz va qoraqalpoq tillariga tarjimada chop etiladi. Bundan tashqari, shoirga haykal o‘rnatiladi, uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film tayyorlanadi.

Erkin Vohidov - Sputnik O‘zbekiston
Shoir Erkin Vohidov olamdan o‘tdi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida «Erkin Vohidov ijodining xalqimiz ma’naviy hayotidagi roli va o‘rni» mavzuyida ilmiy konferensiya o‘tkaziladi.

Turli darajadagi ta’lim dargohlari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli shoirlar, yozuvchilar va san’at namoyandalari ishtirokida uchrashuvlar va adabiyot kechalari uyushtiriladi.

Respublika teatrlarida Erkin Vohidov asarlari asosida spektakllar qaytadan namoyish etiladi.

Dekabr oyining oxirgi o‘n kunligida O‘zbek Milliy akademik drama teatrida Erkin Vohidovning 80-yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy xotira kechasi o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0