O‘z kasbining mohir egalari taqdirlanadi

© kasaba.uzO‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi binosi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘z kasbining mohir egalarini taqdirlash tadbiri mehnatkashlarning o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyiligini rag‘batlantirish maqsadida 2012-yildan buyon har 2-yilda bir marta o‘tkazib kelinadi

TOShKENT, 8 dek – Sputnik. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining maxsus komissiyasi tomonidan 44 nafar turli kasb egalari saralab olinib, ularni taqdirlash yuzasidan Federatsiya Kengashi Rayosati qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘z kasbining mohir egalarini taqdirlash tadbiri mehnatkashlarning o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyiligini rag‘batlantirish maqsadida 2012-yildan buyon har 2-yilda bir marta o‘tkazib kelinadi. Mazkur tadbirning korxona, tashkilot va muassasalarda o‘tkazilgan joriy yilgi dastlabki bosqichida 32 ming nafardan ortiq turli kasb egalari ishtirok etdilar va ular orasidan 44 nafari yakuniy bosqichda saralab olindi.

Kasaba uyushmalari federatsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Kasaba uyushmalari huquqlari mustahkamlandi

Taqdirlashga munosib deb topilgan nomzodlar ta’lim, fan, madaniyat, san’at, sog‘liqni saqlash, jamoat xizmati, axborot texnologiyalari, aviatsiya, temiryo‘l, transport, yo‘l, qurilish, agrosanoat, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, neft-gaz, geologiya, energetika, kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, tog‘-kon sanoati tarmoqlarida ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib, o‘z sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan o‘z kasbining fidoyi va jonkuyar egalaridir.

O‘z kasbining mohir egalarini taqdirlash marosimi 13-dekabr kuni O‘zbek Milliy akademik drama teatrida bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0