Hasanboy Do‘smatov AIBA Best Elite Men Boxer 2016 mukofotiga da’vogar

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik bokschidan tashqari, da’vogarlar ro‘yxatiga kubalik ikki marta olimpiya chempioni Robeysi Ramires va Rioda oltin medal olgan qozog‘istonlik Daniyar Yeleusinovlar da’vogarlik qilishmoqda

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Rio olimpiadasi chempioni, o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasining (AIBA) AIBA Best Elite Men Boxer 2016 mukofotiga da’vogarlik qilmoqda.

O‘zbekistonlik bokschidan tashqari, da’vogarlar ro‘yxatiga kubalik ikki marta olimpiya chempioni Robeysi Ramires va Rioda oltin medal olgan qozog‘istonlik Daniyar Yeleusinovlar da’vogarlik qilishmoqda.

​Eng yaxshi bokschi uchun AIBAning Twitterdagi sahifasida ovoz berish mumkin.

Ayni paytda Hasanboy Do‘smatov 45% ovoz to‘plagan va Daniyar Yeleusinovdan 3%ga oldinda bormoqda.

​23 yoshli Hasanboy Do‘smatov Braziliyada bo‘lib o‘tgan olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston uchun mazkur musobaqadagi birinchi oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Bundan tashqari, u eng texnikasi kuchli bokschilarga beriladigan Vel Barker kubogiga ham sazovor bo‘lgandi.

Yaqinda esa Hasanboy Do‘smatov "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga munosib deb topildi.

Siz ham bokschimizga ovoz berishda ishtirok eting.

Yangiliklar lentasi
0