Patriarx Kirill Mirziyoyevga muvaffaqiyat tiladi

© Sputnik / Oleg Mineyev / Mediabankka o‘tishMoskova va butun Rossiya patriarxi Kirill
Moskova va butun Rossiya patriarxi Kirill - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rus pravoslav cherkovi bosh ruhoniysi patriarx Kirill, O‘zbekiston yangi prezidentiga uning ushbu ulug‘ lavozimga saylanishi xalq ishonchidan darak dedi.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Moskva va butun Rossiya patriarxi Kirill  Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylanishi munosabati bilan tabrikladi va kelajakda ham Toshkentdagi Rus pravoslav cherkovi hamda O‘zbekiston  hukumati orasida hamkorlik davom etishiga umid bildirdi.

"Siz uzoq yillar davomida o‘z xalqingizga fidokorona xizmat qildingiz. Barcha kuch va qobiliyatingizni mamlakat rivojlanishi va fuqarolar farovonligi yo‘lida sarfladingiz. Bo‘lib o‘tgan saylov O‘zbekiston aholisining sizga bo‘lgan ishonchini namoyish qildi. Ular o‘z kelajaklarini va bugungi kundagi muhim muammolarni siz bilan birgalikda hal qilishni umid qilmoqdalar", — deyilgan RPCh rahbari xabarida.

Shuningdek, Patriarx Kirill O‘zbekiston rahbariga o‘zbek xalqiga ma’suliyat bilan xizmat qilishda sog‘liq va muvaffaqiyat tiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev 88%dan ortiq ovoz to‘plab, ishonchli g‘alaba qozondi. Saylovda erishgan g‘alabadan so‘ng Shavkat Mirziyoyev ko‘plab mamlakatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan tabrik so‘zlari qabul qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0