Qozog‘iston "Uchquduq – Qizilo‘rda" temir yo‘l qatnovini ochmoqchi

Obuna bo‘lish
Yangi yo‘nalish Qozog‘iston markazi, Ural va Sibirni O‘zbekiston bilan birlashtiradi, istiqbolda esa birgalikda Turkmaniston, Afg‘oniston va Eronga chiqish mumkin bo‘ladi

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Qozog‘iston "Uchkuduk — Qizilo‘rda" temir yo‘l tarmog‘i qurilishi istiqbollarini ko‘rib chiqmoqda, deyiladi Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayevning bugun chop etilgan maqolasida.

Bu boradagi masala uning Navoiy viloyatiga ishchi tashrifi doirasida viloyat faollari bilan uchrashuvida muhokama qilingan. Mazkur viloyat hududida "Navoiy" erkin sanoat-iqtisodiy zonasi doirasida ko‘plab innovatsion korxonalar samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Qozog‘iston tomoni ushbu korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirmoqda.

"Bu yo‘nalish hozirda mavjud bo‘lgan Qozog‘istonning g‘arbiy va sharqiy qismlaridagi tarmoqlar uchun ajoyib to‘ldirish bo‘lardi, zero u orqali Qozog‘iston markazi, Ural va Sibir O‘zbekiston bilan birlashishi mumkin bo‘ladi. Istiqbolda esa birgalikda Turkmaniston, Afg‘oniston va Eronga chiqish mumkin bo‘ladi. Albatta, bu masala batafsil o‘rganib chiqishni talab qiladi, lekin uni hayotga tatbiq etish ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning yangi ufqlarini ochadi", — dedi elchi.

Andijon-Moskva tez yurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Shuningdek, uning fikricha, yirik o‘zbek transport loyihalari — "O‘zbekistonning shimoli-g‘arbi — O‘zbekistonning janubi-g‘arbi" meridiani bo‘yicha tezurar temir yo‘l magistrallari tarmog‘ining tashkil etilishi, "Angren — Pop" elektrlashtirilgan temir yo‘l magistralining ishga tushirilishi, Qamchiq dovoni orqali o‘tgan avtotrassaning kengaytirilishi, Navoiy aeroporti bazasida xalqaro logistika markazining rivojlanishi Qozog‘istonning katta qiziqishini uyg‘otadi. 

Transport-logistika sohasidagi hamkorlik ikki tomonlama tovar ayirboshlashning oshishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lardi, deb hisoblaydi Yerik Utembayev. Ilgariroq u Qozog‘iston O‘zbekiston bilan o‘zaro savdoni rivojlantirish, jumladan chegaraoldi savdosini rivojlantirish orqali mazkur ko‘rsatkichni 5 milliard dollargacha yetkazishni maqsad qilganini bildirgandi. Biroq global iqtisodiyotdagi inqiroz sababli statistikaga ko‘ra, 2016-yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha ikki respublika o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash 22,5% ga kamaygan va 1,1 milliard dollarni tashkil qilgan.

Qozog‘iston va O‘zbekistonning yirik shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalarini rivojlantirish orqali viloyatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorligini faollashtirish ham ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning muhim jihati bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0