Dunyoda

AQSH endi Yevropani "qoʻriqlamaydi" - Yevrokomissiya raisi bayonoti

Yevropa Ittifoqi xavfsizlik choralariga kelganda, bundan buyogʻiga faqat oʻz kuchiga tayanmogʻi darkor, AQSH bu vazifani endilikda oʻz zimmasiga olishga tayyor emas, deb bayonot qildi Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik, Aleksandr Shishlo. AQSH bundan buyogʻiga Yevropa xavfsizligini taʼminlashga tayyor emas, deb taʼkidlagan juma kuni Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker.

AQSH prezidentligiga nomzodlar Donald Tramp va Xillari Klinton - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Moskva qoʻgʻirchogʻi" va "qahrli ayol": Tramp va Klintonning eng soʻnggi debati qanday oʻtdi?
"Mening fikrimcha, bundan buyogʻiga oʻz xavfsizligimiz toʻgʻrisida oʻzimiz qaygʻurishimiz darkor, chunki AQShning yangi saylangan prezidenti Tramp va uning hamkasblaridan qatʼiy nazar, AQSH bundan buyogʻiga bizning xavfsizligimizni taʼminlashga tayyor emas. Shu sababdan ham bu ish bilan oʻzimiz shugʻullanganimiz maʼqul", — deb bayonot qilgan Yunker Maastrixtda chiqishi davomida.

Ilgariroq Yevrokomissiya raisi Yevropa Ittifoqi va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar odatiydan koʻra yaqinroq boʻlishi kerak ekanligini, chunki Yevropa xavfsizlik tuzilmasini Rossiya ishtirokisiz qura olmasligini aytib oʻtgan edi.

Oʻz navbatida, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg barcha yevropaliklarni "AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp NATo oldidagi majburiyatlarini albatta bajarishiga" ishontirgan edi. "Tramp Yevropa xavfsizligini ham taʼminlaydi, albatta" deya qoʻshimcha qilgan edi Stoltenberg.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala