Dunyoda

Oʻzbeklar qatʼiyatli va kuchli feʼl atvorga ega xalq - Xitoy

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishOʻzbekistonda Prezident saylovlaridan keyingi holat
Oʻzbekistonda Prezident saylovlaridan keyingi holat - Sputnik Oʻzbekiston
Xitoy xalqaro radiosining veb-sahifasida mamlakatimizda boʻlib oʻtgan Prezident saylovi mavzusiga bagʼishlangan maqola eʼlon qilindi. Maqolada Oʻzbekistonda Prezident saylovining muvaffaqiyatli oʻtgani Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikning muhim kafolati hisoblanishi qayd etilgan

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. Xitoy xalqaro radiosining veb-sahifasida eʼlon qilingan maqola Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti katta ilmiy xodimi Su Chan qalamiga mansub.

Maqolada Oʻzbekistonda ushbu muhim siyosiy tadbir muvaffaqiyatli oʻtgani Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikning muhim kafolati hisoblanishi qayd etilgan, deb yozgan "Jahon" AA.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev – Oʻzbekistonning yangi Prezidenti
"Oʻzbekiston siyosiy jarayonlarning yangi bosqichga kirdi. Prezident saylovlaridan keyin respublikaning barqaror taraqqiyotini qoʻllab-quvvatlash, jahonda hanuz davom etayotgan inqiroz oqibatlari sharoitda iqtisodiy oʻsishni saqlab qolish bilan bogʻliq masalalar mamlakat yangi rahbariyatining ustuvor vazifalari qatoridan joy oladi", deb yozadi muallif.

Xitoy xalqaro radiosi alohida taʼkidlaganidek, Oʻzbekiston oʻz taraqqiyot yoʻlini tanlagan, "siyosiy tizim milliy manfaatlar hisobga olingan holda shakllangan, islohotlarning milliy modeli esa bozor iqtisodiyotiga asoslangan. Koʻpgina yoʻnalishlarda yuqori natijalarni namoyon etayotgan farovon Oʻzbekiston rivojlanishning yangi tarixiy bosqichiga kirmoqda".

Shuningdek, mazkur maqolada oʻzbek xalqi mustahkam, qatʼiyatli va kuchli feʼl-atvorga ega ekanligi ham qayd etilgan.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzgarishlar ostonasidagi Oʻzbekiston
"Mamlakat hududida yashab oʻtgan buyuk siymolar jahon ilm-fani va madaniyatining taraqqiyotiga koʻmaklashgan. Oʻzbek tojirlari Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi hamkorlikning rivojiga alohida hissa qoʻshganlar", deb yozadi xitoylik ekspert.

Yuqoridagilar bilan birga, muallif Xitoy Xalq Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar masalasiga ham alohida eʼtibor qaratgan. U ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalar oʻzaro ishonch va hurmat asosida tobora rivojlanib borayotganini eʼtirof etar ekan, Oʻzbekiston Xitoyning doʻsti va ishonchli sherigi boʻlgan va shunday boʻlib qolaverishini, amaldagi kelishuvlarga binoan, ikki tomonlama hamkorlik yanada mustahkamlanishiga komil ishonch bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala