Jamiyat

Toshkentda yana qor yogʻadi va yoʻllar muzlaydi

© Sputnik / StringerToshkentda qor
Toshkentda qor - Sputnik Oʻzbekiston
Jumadan shanbaga oʻtar kechasi, shuningdek, yakshanba kuni ob-havo harorati keskin pasayadi, qor yogʻishi kutilmoqda

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. Oʻzgidrometerologiya xizmatining xabariga koʻra, jumadan shanbaga oʻtar kechasi, shuningdek, yakshanba kuni ob-havo harorati keskin pasayadi.

Ob-havoning minus 5 darajagacha tushib pasayishi oqibatida, shuningdek, yomgʻir aralash qor yogʻishi tufayli poytaxt koʻchalari yana muzgʻaloqqa aylanishi mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Shu bois, Toshkentlik haydovchilar oldinroq zarur choralarni koʻrishlari, qishki shinalarga oʻtishlari maqsadga muvofiq.

Xabarga koʻra, noqulay ob-havo sharoiti uzoq davom etmaydi. Seshanba kunidan boshlab 10 gradus iliq boʻlishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala