Toshkentda yana qor yog‘adi va yo‘llar muzlaydi

© Sputnik / StringerToshkentda qor
Toshkentda qor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jumadan shanbaga o‘tar kechasi, shuningdek, yakshanba kuni ob-havo harorati keskin pasayadi, qor yog‘ishi kutilmoqda

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. O‘zgidrometerologiya xizmatining xabariga ko‘ra, jumadan shanbaga o‘tar kechasi, shuningdek, yakshanba kuni ob-havo harorati keskin pasayadi.

Ob-havoning minus 5 darajagacha tushib pasayishi oqibatida, shuningdek, yomg‘ir aralash qor yog‘ishi tufayli poytaxt ko‘chalari yana muzg‘aloqqa aylanishi mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Shu bois, Toshkentlik haydovchilar oldinroq zarur choralarni ko‘rishlari, qishki shinalarga o‘tishlari maqsadga muvofiq.

Xabarga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoiti uzoq davom etmaydi. Seshanba kunidan boshlab 10 gradus iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0