Siyosat

Mirziyoyev qonunni buzgan militsiya xodimlarini qattiq jazolashga vaʼda berdi

© StringerOʻzbek militsioneri
Oʻzbek militsioneri - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev militsionerlar tomonidan qonun buzilishi bilan bogʻliq har qanday holatga qatʼiy chora koʻrilishini aytdi

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. "Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oʻzlari tomonidan qonunni buzish bilan bogʻliq har qanday holatga printsipial baho beriladi va qatʼiy chora koʻriladi", — deb taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan soʻzlagan nutqida.

Oʻzbek militsionerlari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbek militsiyasining kechasi va buguni
Mirziyoyevga koʻra, huquqni muhofaza qilish faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oʻzlari tomonidan qonunni buzish bilan bogʻliq har qanday holatga printsipial baho beriladi va qatʼiy chora koʻriladi.

"Bunga hech kimda shubha boʻlmasligi kerak", — deb taʼkidladi Oʻzbekiston prezidenti.

Mirziyoyev, shuningdek, eng avvalo mahalla imkoniyatlaridan keng foydalanish, profilaktika inspektorlarining ish samarasi va masʼuliyatini oshirish, ular uchun munosib xizmat va turmush sharoitini yaratib berish choralarini koʻrish lozimligi haqida eslatib oʻtdi.

"Biz "Adolat – qonun ustuvorligida" degan tamoyil asosida jamiyatimizda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan ishlarimizni jadal davom ettiramiz", — deb qayd etdi u.

"Jamiyat rivojiga gʻov boʻlayotgan yana bir illat – bu korruptsiya balosidir. Bunday xatarga qarshi kurashish maqsadida yaqinda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan "Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi qonunni tezroq amaliyotga joriy etish chora-tadbirlarini koʻrishimiz lozim. Bularning barchasi oʻz navbatida inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirishga, xalqimizning davlat hokimiyatiga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi", — deb taʼkidladi Oʻzbekiston prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala