Mirziyoyev qonunni buzgan militsiya xodimlarini qattiq jazolashga va’da berdi

© StringerO‘zbek militsioneri
O‘zbek militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev militsionerlar tomonidan qonun buzilishi bilan bog‘liq har qanday holatga qat’iy chora ko‘rilishini aytdi

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. "Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zlari tomonidan qonunni buzish bilan bog‘liq har qanday holatga prinsipial baho beriladi va qat’iy chora ko‘riladi", — deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida.

O‘zbek militsiyasining kechasi va buguni
Mirziyoyevga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zlari tomonidan qonunni buzish bilan bog‘liq har qanday holatga prinsipial baho beriladi va qat’iy chora ko‘riladi.

"Bunga hech kimda shubha bo‘lmasligi kerak", — deb ta’kidladi O‘zbekiston prezidenti.

Mirziyoyev, shuningdek, eng avvalo mahalla imkoniyatlaridan keng foydalanish, profilaktika inspektorlarining ish samarasi va mas’uliyatini oshirish, ular uchun munosib xizmat va turmush sharoitini yaratib berish choralarini ko‘rish lozimligi haqida eslatib o‘tdi.

"Biz "Adolat – qonun ustuvorligida" degan tamoyil asosida jamiyatimizda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan ishlarimizni jadal davom ettiramiz", — deb qayd etdi u.

"Jamiyat rivojiga g‘ov bo‘layotgan yana bir illat – bu korrupsiya balosidir. Bunday xatarga qarshi kurashish maqsadida yaqinda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunni tezroq amaliyotga joriy etish chora-tadbirlarini ko‘rishimiz lozim. Bularning barchasi o‘z navbatida inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirishga, xalqimizning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi", — deb ta’kidladi O‘zbekiston prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0