Dunyoda

Gʻarbiy Qozogʻistonda 100dan ortiq voyaga yetmagan qizlar homiladorligi aniqlandi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Fotobankka oʻtishOna va bola
Ona va bola - Sputnik Oʻzbekiston
Sputnik Qozogʻiston nashri xabariga koʻra, gʻarbiy Qozogʻiston viloyatida balogʻat yoshiga yetmagan 60 nafar qiz bola tuqqan, qolganlari esa turli sabablarga koʻra, homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishgan

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatida yil boshidan buyon 100dan ziyod voyaga yetmagan qizlar homiladorlik boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Tugʻruqxonadagi bola. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Ginekolog: qirgʻiz ayollari kontratseptsiya oʻrniga abortni maʼqul koʻrishadi!
"Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, yil boshidan buyon 15-18 yoshda boʻlgan 117 nafar qiz homiladorlik boʻyicha roʻyxatga olingan. Ularning 60 nafari bolali boʻlgan, 10 nafari esa tibbiy koʻrsatma yoki oʻz xohishiga koʻra, homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatgan", — deyilgan Sputnik Qozogʻiston nashri tomonidan tarqatilgan xabarda.

Nashr, shuningdek, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi voyaga yetmaganlar oʻrtasida barvaqt homilador boʻlish holati oldingi yildagiga nisbatan kamayganmi-yoʻqmi, aniqlik kiritmagani haqida yozgan.

Gʻarbiy Qozogʻiston hokimiyati matbuot-xizmati esa, ayni paytda mutasaddi davlat tashkilotlari aholi oʻrtasida turli aktsiya va tushuntirish tadbirlarini oʻtkazish niyatida ekanini maʼlum qilgan. Xabarda taʼkidlanishicha, tushuntirish tadbirlari qay tarzda olib borilishi haqida maʼlumot berilmagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala