Jamiyat

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi virtual qabulxonani ishga tushirdi

© SputnikBosh vazirning vitrual qabulxonasi
Bosh vazirning vitrual qabulxonasi - Sputnik Oʻzbekiston
Har bir fuqaro oʻz murojaatini toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Boshligʻiga murojaat yuborish orqali amalga oshirishi mumkin

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbarining virtual qabulxonasi ishga tushdi. Bu haqda agentlik rasmiy saytida xabar qilingan.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev har bir tuman va shaharda "Xalq qabulxonalari"ni ochishni buyurdi
"Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Boshligʻiga murojaat yuborish orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Yoki Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Boshligʻiga ariza, taklif va shikoyatlarni 0 (371) 214-30-76, 0 (371) 214-54-36 raqamlariga qoʻngʻiroq qilgan holda yuborish mumkin", — deyiladi xabarda.

Virtual qabulxonaga murojaatlarni oʻzbek va rus tillarida yoʻllash mumkin. Shuningdek, sahifalar lotin va kirill alifbosida ishlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala