Tramp Saudiya Arabistoni bilan bog‘liq to‘rtta kompaniyasini yopdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Donald Trampning asosiy kompaniyalaridan biri bo‘lmish Trump Organization vakilining aytishicha, AQShning yangi saylangan prezidenti Saudiya Arabistoni bilan biznes yuritmaydi

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. AQShning 45-prezidenti Donald Tramp, saylovlardagi g‘alabasidan keyin bir nechta kompaniyalarini, shu jumladan, Saudiya Arabistonidagi korxonaga aloqador to‘rtta firmasini yopdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Assoshiyeyted Press agentligiga tayangan holda.

Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp o‘z milliardlaridan voz kechmoqchi
"Ishonchli manbaning so‘zlariga ko‘ra, AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasidan so‘ng, Donald Tramp o‘zining ba’zi bir kompaniyalarini yopishga qaror qilgan. Ular orasida Saudiya Arabistonidagi tadbirkorlik korxonasiga aloqador bo‘lgan to‘rtta firma ham bor", — deyiladi xabar matnida. Ushbu qaror yuzasidan batafsil ma’lumot berilmayapti.

Donald Trampning asosiy kompaniyalaridan biri bo‘lmish Trump Organization vakilining so‘zlariga ko‘ra esa, AQShning yangi saylangan prezidenti Saudiya Arabistoni bilan biznes yuritmaydi.

Xabarda, aytilishicha Tramp 15-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan matbuot-anjumanida o‘ziga tegishli biznes va prezidentlik majburiyatlari o‘rtasida manfaatdorlik mojarosini keltirib chiqarish niyati yo‘qligi haqida so‘zlashni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0