Xasanboy Do‘smatov "Yilning eng yaxshi bokschisi" bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Rio Olimpiadasi chempioni, O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov "AIBA Best Elite Men Boxer 2016" sharafli nomiga sazovor bo‘ldi.

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Havaskor boks xalqaro assotsiatsiyasi (AIBA) Twitter ijtimoiy tarmog‘i sahifasida o‘tkazgan ovoz berishda "Yilning eng yaxshi bokschisi" unvoniga Hasanboy Do‘smatov sazovor bo‘ldi. 

195 mamalkat boks federatsiyalarini birlashtirgan AIBA assotsiiatsiyasi boks muxlislarining 77% o‘z ovozlarini — O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatovga berishdi.

Ushbu nom uchun Hasanboy bilan birgalikda Kubalik ikki karra jahon chempioni Robeysi Ramires va Qozog‘istonlik Olimpiada oltin medal sovrindori Daniyar Yeleusinovlar ham ishtirok etishgan edi. Ramires — 5%, Yeleusinov — 18% ovoz jamlashga muvaffaq bo‘lgan.

Riodagi Olimpiada o‘yinlari tugashi bshilan O‘zbekistonlik 23 yoshli bokschi Hasanboy Do‘smatov Olimpada o‘yinlarining eng yaxshi bokschisi deb tan olingan edi.

Undan tashqari Hasanboy "Yilning eng texnikasi kuchli bokseri" unvoni — Vel Barker kubogiga loyiq deb topilgan edi.

Bu yilgi Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston jamoasi — eng kuchli boks jamoasi deb tan olindi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha doimo yetakchi bo‘lgan Kuba vakillari — ikkinchi o‘rinni egallashdi. Medallar umumiy soni bo‘yicha — O‘zbekiston Rossiyadan boshqa barcha MDH mamalkatlarini yengib, 21 qatorni egalladi.

Yangiliklar lentasi
0