O‘zbekiston rahbari Erdo‘g‘onga ta’ziya bildirdi

© FacebookShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev maktubida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik so‘zlarini izhor qildi

TOShKENT, 12 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Istanbul shahrida yuz bergan va ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan terrorchilik harakati munosabati bilan Turkiya Respublikasi prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onga va butun Turkiya xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi.

O‘zbekiston TIVning ma’lum qilishicha, mamlakatimiz Rahbari maktubida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik so‘zlarini izhor qildi.

Stambulda juft terakt - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyada juft terakt munosabati bilan motam e’lon qilindi

10 dekabr kuni kechqurun Istanbul markazidagi Beshiktosh tumanidagi Vodafone Arena stadioni yonida "Beshiktosh" va "Bursaspor" jamoalari uchrashuvidan so‘ng portlashlar sodir bo‘ldi. Hujumdan maqsad politsiyachilar joylashgan avtobus bo‘lgan. Avvaliga avtomobilga qo‘yilgan bomba portladi, oradan 45 soniya o‘tgach hudkush-terrorchi o‘zini portlatib yubordi.

Terakt oqibatida 38 kishi halok bo‘ldi, (ulardan 30 nafari — politsiya xodimlari), 155 kishi jarohatlandi.

Yangiliklar lentasi
0