Jamiyat

Ertaga Senat 2017 yilgi byudjetni koʻrib chiqadi

© Gazeta.uzOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati - Sputnik Oʻzbekiston
Senatorlar “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi, “Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlarni ham muhokama qilishadi

TOSHKENT, 12 dek — Sputnik. Ertaga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtadi, deb xabar berdi parlament matbuot xizmati.

Senat yalpi majlisining muhokamasiga Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi masalalar kiritilgan.

Bundan tashqari, “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi, “Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar va boshqa qonunlar hamda

Oliy Majlis Senatining vakolatlariga taalluqli boʻlgan boshqa masalalar ham muhokama etiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala