O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirligiga nomzod ko‘rsatildi

© FacebookAbdulla Aripov
Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulla Aripov shu yilning 13-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tayinlangandi

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Bosh vazirlik uchun Abdulla Aripov nomzodini taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Majlis ishtirokchilari bo‘lib o‘tgan muhokamalar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Bosh vazir lavozimiga hozirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qildilar.

Konstitutsiyaga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.

Shavkata Mirziyoyev saylovoldi shtabi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zLiDeP: Shavkat Mirziyoyev 80% ovoz to‘plaganiga ishonchimiz komil

Ta’kidlanganidek, Abdulla Nigmatovich Aripov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati uchun mas’uliyatni to‘la zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor va talabchan, yangilikka intiluvchan, jonkuyar va vatanparvar, quyidan yuqorigacha bo‘lgan barcha bo‘g‘inlardagi ijro organlarini boshqarishda yetarli tajriba va salohiyatga ega bo‘lgan fidoyi insondir.

Ma’lumot uchun, Abdulla Aripov shu yilning 13-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tayinlangandi.

1961 yilda tug‘ilgan Abdulla Aripov 10-yildan ortiq — 2002-yil may oyidan 2012-yilning avgustiga qadar bosh vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
U axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari (2009 yil oktabriga qadar — ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va kommunikatsiya masalalari) kompleksiga ham rahbarlik qilgan.

Aripov 2005—2009 yillar davomida O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligini boshqargan.

Yangiliklar lentasi
0