MSK axboroti: deputat va ikki senatorning vakolati muddatidan oldin tugatildi

© Commons.wikimedia / Behrami"Oliy Majlis" binosi
Oliy Majlis binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yil 12-dekabr kuni MSK raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov boshchiligida o‘tkazilgan majlisda deputat va senat a’zolarining vakolatini muddatdan oldin tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasideputat va ikki senat a’zolarining vakolatini muddatdan oldin tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston MSK matbuot-xizmati.

Saylov uchastkasi - Sputnik O‘zbekiston
MSK: Prezident saylovi bo‘lib o‘tgan, deb hisoblanadi
MSK raisi M. Abdusalomov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi 2016-yil 12-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.

MSK N.Kaimovning xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati vakolati tugatilganligi hamda A.Butayevning xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan ularning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi vakolati muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qildi.

Shuningdek, majlisda 104-Quvasoy saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati M.Ubaydullayev Marg‘ilon shahar hokimi etib tayinlanganligi munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida ham qaror qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0