O‘zbekistonda 2017-yilgi davlat budjeti tasdiqlandi

O‘zbekiston senat kengashi
O‘zbekiston senat kengashi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Senati 2017-yilgi davlat budjetini iqtisodda kutilayotgan 7,8% o‘sishni hisobga olgan holda tasdiqladi.

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Seshanba kuni bo‘lib o‘tgan majlisda O‘zbekiston Oliy Majliy Senati 2017-yilgi davlat budjetini tasdiqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti muxbiri.

Tasdiqlangan davlat budjeti daromadi  va xarajatlari orasida 1%, ya’ni 750 mln $ defetsit bor. 2017 yilda budjet daromadi YaIMning 19,2%ini, ya’ni 44,5 trilliona so‘mni (~14 mlrd $) tashkil qiladi, xarajatlar esa YaIMning— 20,2%ni yoki 46,9 trillion so‘mni (14,7 mlrd $) tashkil qiladi.

Oliy Majlisning quyi palatasi tomonidan tasdiqlangan budjetni Rustam Azimov taqdim etdi. Azimov aytishiga ko‘ra, 2017-yilda O‘zbekiston iqtisodiga soliq bosimi kamayishiga qaramasdan, YaIM hajmi o‘sishi kutilmoqda.

Davlat budjetini hisoblashda kelasi yil iqtisodda kutilayotgan 7,8%ga o‘sish ham hisobga olingan. 2017 yilda O‘zbekiston iqtisodining sanoat sohasida – 8% o‘sish, qishloq xo‘jaligi sohasida – 6,2%, kapital sarmoyalar sohasida – 9,6% o‘sish kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2016-yilgi davlat budjeti ham 1% defsit bilan hisoblangan edi.

Yangiliklar lentasi
0