Tanishing, O‘zbekistonning yangi Sog‘liqni saqlash vaziri

© Gabriela Sabau / judo.uzAdxam Ikramov - O‘zbekiston Respublikasining yangi sog‘liqni saqlash vaziri
Adxam Ikramov - O‘zbekiston Respublikasining yangi sog‘liqni saqlash vaziri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarga ko‘ra, Adham Ikramov ushbu lavozimda 2012-yildan buyon Sog‘liqni saqlash vazirligini boshqarib kelayotgan Anvar Alimovni almashtirgan

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikramov sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi, deb xabar qilgan uz24 nashriga tuzilmadagi o‘z manbasi.

Xabarda ta’kidlanishicha, Adham Ikramov ushbu lavozimda 2012-yildan buyon Sog‘liqni saqlash vazirligini boshqarib kelayotgan Anvar Alimovni almashtirgan.

Alimovning o‘rinbosari bo‘lgan Laziz To‘ychiyev esa Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlangan, deb xabar qiladi nashr.

Shu vaqtga qadar Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Elmira Bositxonova esa Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan.

Yangiliklar lentasi
0