Siyosat

Shavkat Mirziyoyev qasamyod qabul qiladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Respublikasining yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi 14 dekabr kuni boʻlib oʻtadi

TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni qasamyod qabul qiladi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Bosh vazirlikdan ozod etildi
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni boʻlib oʻtgan prezident saylovida 88,61 % ovoz toʻplab gʻolib boʻlgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga binoan, Prezident Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yigʻilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab oʻz lavozimiga kirishgan hisoblanadi: "Oʻzbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman".

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala