Tramp AQSh Davlat kotibligiga Reks Tillersonni tayinladi

© AFP / DON EMMERTDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq AQShning 45-prezidenti Donald Tramp yangi Bosh kotibning ismini 13-dekabr kuni oshkor qilishi haqida ma’lum qilingan edi

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Amerikaning yangi saylangan prezidenti o‘z tanlovini jahonning eng yirik neft kompaniyalaridan birining rahbarida to‘xtatdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.

"AQShning yangi prezidenti Donald Tramp ExxonMobil neft kompaniyasi rahbari Reks Tillersonni AQSh Davlat kotibi etib tayinladi", deyilgan xabar matnida.

Eslatib o‘tamiz, Donald Trampning inauguratsiyasi 2017-yilning 20-yanvarida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng, u rasman o‘z hukumati tarkibiga nomzodlarni Kongress hukmiga havola eta boshlaydi.

Nashr xabariga ko‘ra, Reks Tillerson 64 yoshda. U Ostindagi Texas universitetini tamomlagan. Reks ExxonMobildagi o‘z faoliyatini oddiy muhandislikdan boshlagan va 1990-yillarda kompaniyaning Rossiyadagi loyihalariga rahbarlik qilgan.

Yangiliklar lentasi
0