O‘zbekiston fuqarosi qo‘shaloq qotillik uchun 21-yilga qamaldi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishJazoni o‘tash koloniyasi
Jazoni o‘tash koloniyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Boboyorov jinoyatni Saratov viloyati Marks tumanidagi Orlov qishlog‘ida mastlik oqibatida sodir etgan

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘zbekiston fuqarosi Uyg‘un Boboyorov Saratov viloyatida qo‘shaloq qotillik qilgani va yashash joyiga o‘t qo‘ygani uchun 21-yilu 1 oyga ozodlikdan mahrum qilindi, deb xabar berdi viloyat sudi matbuot xizmati.

Jinoyatchi - Sputnik O‘zbekiston
Xotini va o‘g‘lini o‘ldirgan farg‘onalik 17-yilga qamaldi

"2015 yil 24-dekabr kuni fuqaro Boboyorov birga yashaydigan ayol bilan janjallashib qolib, ayolning va ayol qarindoshlarining  uyiga o‘t qo‘yadi. Yong‘in vaqtida uyda ayolning kichik yoshli qizi va o‘g‘li, ukasi, onasi va buvisi bo‘lgan. Yong‘inni sezib qolgan qishloqliklar yonayotgan uydan qizaloq va ayollarni qutqarib qolishgan. Bir erkak va bolani qutqarishning imkoni bo‘lmagan. Jinoyatchi voqea joyidan qochib ketgan", — deyiladi xabarda.

Ayblov xulosasi asosida sud O‘zbekiston fuqarosini jazoni 21-yilu 1 oy davomida qat’iy rejimli koloniyada o‘tash sharti bilan ozodlikdan mahrum qilishga hukm chiqardi.

Viloyat prokuraturasining ma’lumotiga ko‘ra, Boboyorov jinoyatni Saratov viloyati Marks tumanidagi Orlov qishlog‘ida mastlik oqibatida sodir etgan.

Yangiliklar lentasi
0