Dunyoda

Filippin prezidenti jinoyatchilarni shaxsan oʻzi oʻldirganini aytdi

© AFP 2022 / ROSLAN RAHMANRodrigo Duterte
Rodrigo Duterte - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Politsiyaning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda keyingi oylarda giyohvandlik savdosiga aloqador uch mingga yaqin kishi oʻldirilgan

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Davao shahriga merlik qilgan paytida jinoyatda gumon qilinganlarni shaxsan oʻzi oʻldirganini aytdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Frans Press agentligiga asoslanib.

Shu yilning mayida prezidentlikka saylangan Duterte giyohvandlikka va giyohvand modda sotuvchilariga qarshi keng miqyosda kurash boshladi. Politsiyaning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda keyingi oylarda giyohvandlik savdosiga aloqador uch mingga yaqin kishi oʻldirilgan.

Filippin bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Filippin orollarining yangi prezidenti ogʻufurushlarni oʻldirishga buyruq berdi

"Davaoda men shaxsan oʻzim bu ishni qilganman. Yigitlarga (politsiyaga) men odam oʻldirganimda nima uchun ular oʻldira olmasligini koʻrsatish uchun", — dedi Duterte.

"Men Davao boʻylab mototsiklda yurganman va koʻchalarni kezganman. Men birorta jinoyatchini oʻldirish uchun yurardim", — dedi Filippin prezidenti va bu kampaniyani toʻxtatmoqchi emasligini aytdi.

Rodrigo Duterte 22 yil davomida Davao meri boʻlgan.

Jahon jamoatchiligi Filippindagi narkosavdoga qarshi kurash usulini bir necha bor qoraladi. Inson huquqlari boʻyicha BMT ekspertlari hukumatni qotilliklar va jinoyatda gumon qilinganlarni oʻldirishdan voz kechishga chaqirdilar.

Yangiliklar lentasi
0