Rossiya elchixonasi o‘zbekistonlik 100 yoshli faxriyni qutladi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishGeorgiy tasmasi
Georgiy tasmasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qrim himoyachisi Siid-Amet Emirovni bir asrlik yubileyi bilan qutlashdi

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Toshkentda Ikkinchi jahon urushi faxriysi, 100 yoshga to‘lishini nishonlagan Siid-Amet Emirov qizg‘in qutlandi, deb xabar berdi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.

Uning huzuriga Rossiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Turdenev va Rossiya Federatsiyasi mudofaa masalalari bo‘yicha attashesi Sergey Chernishevlar tashrif buyurishdi. Faxriyni bir asrlik yubileyi bilan qutladilar hamda uning Qrimni himoya qilishda ko‘rsatgan xizmatlarini e’tirof etdilar. U dastlab 51-armiya safida xizmat qilgan, so‘ngra Simferopolda nemis bosqinchilariga qarshi kurash olib borgan partizanlar guruhini tashkil etgan.

"Rossiyada insoniyat tarixidagi eng dahshatli urushda ozodlik uchun kurashgan va urushdan so‘ng xalq xo‘jaligini tiklashga ulkan hissa qo‘shgan Siid-Amet Emirov kabi insonlarning jasoratiga chuqur ehtirom va minnatdorlik bilan qaraladi", — dedi elchi.

Turdenev so‘zi oxirida faxriyning munosib kechirgan umri barchaga o‘rnak bo‘lishini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0