Jamiyat

Oʻzbekistonning 2021 yilgacha rivojlanish strategiyasi ishlab chiqiladi

© Press-slujba prezidenta Respubliki UzbekistanShavkat Mirziyoyevning Prezident lavozimiga kirishish tantanali marosimi
Shavkat Mirziyoyevning Prezident lavozimiga kirishish tantanali marosimi - Sputnik Oʻzbekiston
Dasturdan besh asosiy yoʻnalish: davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohadagi islohotlar va tashqi siyosat tamoyillari oʻrin oladi

TOSHKENT, 14 dek – Sputnik. Oʻzbekiston hukumati mamlakatning 2017-2021 yillarga moʻljallangan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqmoqda va mazkur loyiha muhokamaga taqdim etiladi, dedi Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

"Biz Oʻzbekistonning 2017-2021 yillarga moʻljallangan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishga kirishdik va mazkur loyiha umumxalq muhokamasiga taqdim etiladi", — deya iqtibos keltirmoqda RIA Novosti Mirziyoyevning parlament majlisida soʻzlagan nutqidan.

Prezidentning soʻzlariga koʻra, dasturdan besh asosiy yoʻnalish: davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohadagi islohotlar va tashqi siyosat tamoyillari oʻrin oladi.

"Biz Vazirlar Mahkamasining ijroiya tizimiga jiddiy oʻzgarishlar kiritish orqali uni maqbullashtiramiz, jamiyat manfaatlariga javob beradigan tizimga aylantiramiz", — dedi Oʻzbekiston rahbari.

Ilgariroq Shavkat Mirziyoyev 2017 yilni Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb eʼlon qilish tashabbusi bilan chiqqandi. Oʻzbekistonning saylangan Prezidenti bugun Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisida rasmiy qasamyod qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala