Toshkentning 9-maydonida Yangi yil archasi o‘rnatiladi

© Sputnik / StringerToshkentdagi Yangi yil archasi
Toshkentdagi Yangi yil archasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hokimlikning bildirishicha, qariyb 4 gektarlik maydonda bayram archasi, sahna, bolalar uchun attraksionlar, savdo va ovqatlanish shoxobchalari bunyod etiladi

TOShKENT, 14 dek – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shaharning jami 9ta maydonida Yangi yil archasi o‘rnatiladi.

Ilgariroq O‘zbekistonning asosiy Yangi yil archasi "Anhor-Lokomotiv" bog‘iga o‘rnatilishi xabar qilingandi. Hokimlikning bildirishicha, qariyb 4 gektarlik maydonda bayram archasi, sahna, bolalar uchun attraksionlar, savdo va ovqatlanish shoxobchalari bunyod etiladi. Shuningdek, avtotransport vositalarining kirib chiqishi va to‘xtash joylari ham belgilanmoqda. Mazkur maydonga borish yo‘llarida keng obodonlashtirish va bayramona bezash ishlariga start berilgan.

"Madaniyat va sport ishlari vazirligi va tegishli mutasaddi tashkilotlar bayram kunlari yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida yangi teatrlashtirilgan dasturlar ustida ish olib borishmoqda", deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, archalar odatdagidek "Mustaqillik va Ezgulik" maydoni, Algoritm dahasidagi Roison Elektronics korxonasi oldi maydoni, Yunusobod tumanidagi "Saylgoh" maydoni, Shayxontohur tumanidagi "Xadra" maydoni, Yashnobod tumanida  Markaziy ofitserlar uyi (sobiq Aviasozlar saroyi) oldidagi maydon, Sergeli tumanidagi “Baxtdiyor guzari” maydoni, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Lokomotiv” istirohat bog‘i hamda Bektemir tumanidagi "Quyoshcha nuri" bog‘i hududlarida o‘rnatiladi.

Yangiliklar lentasi
0