Migratsiya

Saxarovadagi Migratsiya markazi yanvar oyi boshida ishlamaydi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishYangi yil archasi
Yangi yil archasi - Sputnik Oʻzbekiston
Saxarovadagi Migratsiya markazi 2017 yilning 1-8chi yanvar kunlari bayram munosabati bilan faoliyat yuritmaydi

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Saxarovada joylashgan Migratsiya markazi tugallanayotgan yilning 31 dekabr kuni ertalab soat 8.00dan 12.00(tushlik) vaqtigacha faoliyat koʻrsatadi. Bu haqda Migratsiya markazi axborot xizmati xabar qilmoqda.

"Saxarovadagi Migratsiya markazi 1-8 yanvar kunlari taʼtilga ketadi. Markaz ishlamaydi. Chunki 1-8 yanvar bayram kunlari hisoblanadi", — deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, 9 yanvar kuni Migratsiya markazi odatiy ish tartibida ishlaydi. Yaʼni migrantlar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar boʻyicha ushbu markazga ertalabki 8.00dan kechki 20.00gacha murojaat qilishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala