Siyosat

Senatorlar "Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi qonunni maʼqulladi

Oʻzbekiston Respublikasi Senati majlisi
Oʻzbekiston Respublikasi Senati majlisi - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi qonun korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni har tomonlama tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korruptsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga qaratilgan

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. 13 dekabr kuni Toshkentda ish boshlagan Senatning sakkizinchi yalpi majlisida senatorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilgan "Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini koʻrib chiqdi.

Kishanlangan qoʻllar - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston va Ruminiya korruptsiya haqidagi maʼlumotlar bilan almashadi
Ushbu normativ-huquqiy hujjat korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni har tomonlama tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korruptsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning namoyon boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korruptsiyaning barcha shakllariga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirishga qaratilgani taʼkidlangan.

Huquqiy hujjatda korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat siyosatining asosiy printsiplari va yoʻnalishlari mustahkamlangan, vakolatli organlar tizimi keltirilmoqda, ushbu sohada fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning ishtirok etishi mexanizmlari belgilab berilmoqda hamda ochib berilmoqda, shuningdek, xalqaro hamkorlikning ahamiyati aks ettirilayotgani eʼtirof etilgan.

Korruptsiyaga qarshi kurashuvchi subʼyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini kuchaytirish maqsadida qonunda Korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika va hududiy idoralararo komissiyalarni tashkil etish hamda uning tarkibiga jamoat birlashmalarining vakillarini, tadbirkorlarni va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillarini kiritish nazarda tutilmoqda.

Amerika valyutasi konvert ichida - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yil oxiriga qadar Oʻzbekistonda korruptsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonun ishlab chiqiladi
Ushbu normativ-huquqiy hujjat xususiy mulkni gʻayriqonuniy tajovuzlardan, tadbirkorlik subʼyektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlardan himoyalashga qaratilgan. Senatorlar tomonidan qonunning qabul qilinishi ishchanlik faoliyatini va mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirishga, shuningdek, fuqarolar huquqlarini va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlashga koʻmaklashishi qayd etilgan.

Muhokama jarayonida ushbu qonun maʼqullangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala