Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev: Xalq rozi boʻlsa, ishimizda unum va baraka boʻladi

© FacebookShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev xalq manfaatlari barcha narsadan ustun ekanligini taʼkidladi

TOSHKENT, 15 dek – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisida soʻzlagan nutqida aholi manfaatlari birinchi oʻringa qoʻyilishiga eʼtibor qaratdi.

"Aholi bilan doimiy muloqot qilish, uning qonuniy talablari, soʻrov va takliflarini amalga oshirish uchun aniq choralar koʻrishni men oʻzim uchun eng muhim va ustuvor vazifa, deb hisoblayman", dedi Mirziyoyev.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Qurʼon va Konstitutsiyaga qoʻlini qoʻygan holda qasamyod qildi

Shavkat Mirziyoyev rahbar va mansabdorlar faoliyati hisobot berish tizimi orqali baholanishini bildirdi.

"Endi nafaqat hukumat, balki mutasaddi vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, shuningdek, hokimlarning ham bu boradagi faoliyati yakunlari boʻyicha hisobot berish tizimi joriy etiladi va shunga qarab ularning ishiga baho beriladi. Shu sababdan har bir rahbar va mansabdor shaxsdan ayni shu asosda tizimli va samarali ish olib borishni talab etaman", dedi u.

"Sizlarga yaxshi maʼlumki, biz 2017 yilni yurtimizda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb eʼlon qildik. Lekin, hammamiz tushunamizki, xalq bilan muloqot, odamlarning ichiga kirish, ularning dardu tashvishlari bilan yashash, inson manfaatlarini taʼminlash – bu biz uchun faqat bir yillik ish emas.

Bu masala kelgusi besh yillik faoliyatimizda ham eng ustuvor vazifa boʻlib qoladi va bu haqiqatni hammamiz chuqur tushunib, yaxshi anglab olishimiz shart.

Chunki, biz yurtimizda yangi davlat, yangi jamiyat qurish yoʻlida qanday ish qilsak, ularning barchasini xalqimiz bilan bamaslahat qilamiz.

Hammamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan – shu xalq. Barchamizga tuz-nasiba bergan ham – shu xalq. Bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib saylagan ham aynan shu xalq.

Shunday ekan, biz birinchi navbatda kim bilan muloqot qilishimiz kerak – odamlarimiz bilan.

Kim bilan bamaslahat ish tutishimiz kerak – avvalo xalqimiz bilan. Shunda xalqimiz bizdan rozi boʻladi.

Xalq rozi boʻlsa, ishimizda unum va baraka boʻladi.

Xalq bizdan rozi boʻlsa, Yaratgan ham bizdan rozi boʻladi", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader