Jamiyat

Banklar fuqarolarga moliyaviy koʻmak beradi

Shavkat Mirziyoyev davlat banklari oldiga qanday vazifalar qoʻyilganini maʼlum qildi

TOSHKENT, 15 dek – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisida soʻzlagan nutqida yirik tijorat banklari rahbarlariga banklar oʻz ish uslublarini tubdan oʻzgartirishlari lozimligini taʼkidladi.

Prezidentning soʻzlariga koʻra, mamlakat bank tizimi va bozor infratuzilmasining boshqa organlari faoliyati samaradorligini oshirish dolzarb masala boʻlib qolmoqda.

"Afsuski, — dedi Mirziyoyev, — hozirgi kunda ularning faoliyati bugungi hayot va iqtisodiy islohotlar talablaridan ancha ortda qolmoqda. Shuning uchun biz bugungi yigʻilishimizga barcha yirik tijorat banklari rahbarlarini ham taklif etganmiz. Ularning bosh vazifasi – bundan keyin oʻz ish uslublarini tubdan oʻzgartirib, fuqarolarimiz va tadbirkorlarning haqiqiy ishonchini qozonishga va ularga haqiqiy koʻmakdosh boʻlishga erishishdan iborat".

Shavkat Mirziyoyev davlat banklari oldiga qanday vazifalar qoʻyilganini maʼlum qildi.

"Shu bois davlat banklari oldiga quyidagi vazifalar qoʻyilmoqda. Ular har bir oila bilan muloqot tashkil qilish orqali fuqarolarning tadbirkorlik bilan shugʻullanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev: Xalq rozi boʻlsa, ishimizda unum va baraka boʻladi

Shu maqsadda tijorat banklari va ularning joylardagi filiallari, oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, tadbirkorlarga moliyaviy koʻmak va madad berishni zimmasiga oladi.

Loʻnda qilib aytadigan boʻlsak, banklar endi xalqimizni tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka oʻrgatishi va shunga yetaklashi lozim boʻladi", — dedi u.

Prezidentning fikricha, shunda odamlar bogʻdorchilik, chorvachilik, hunarmandlik, kasanachilik, xizmat koʻrsatish, servis va boshqa sohalarda tadbirkorlik bilan shugʻullanib, kichkina boʻlsa ham oʻzining korxonasini tashkil etib, qonuniy asosda daromad topadi, oʻzini ham, oilasini ham moliyaviy jihatdan mustahkamlab, mahalla, tuman va shahar, viloyat va mamlakat rivojiga munosib hissa qoʻshadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala