Nostradamusning 2017-yilga bashorati

Obuna bo‘lish
Kuni kecha, 14-dekabr kuni Nostradamus sifatida shuhrat qozongan Mishel de Nostrdam 513 yoshga to‘ldi. Sputnik olim tomonidan 2017-yilga qilingan eng muhim bashoratlarni e’tiborlaringizga taqdim etadi

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Taniqli munajjim, shifokor, olim va bashoratchi Mishel de Nostdam 1503-yil 14-dekabr kuni Fransiyaning Sen-Remi-de-Provans shahrida dunyoga kelgan. Ilk bashoratlari xalqqa "Mishel Nostradamusning bashoratlari" deb nomlangan kitobda taqdim etilgan. Sputnik Estoniya xabari asosida.

Quyida, Nostradamusning 2017-yilga bashoratlarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Munajjim bashoratlariga ko‘ra, 2017-yilda Eron va Turkiya o‘rtasida harbiy mojaro ro‘y beradi. Ushbu mojaroda eronliklar g‘alaba qozonadi.

Nostradamusga ko‘ra, 2017-yilda nasroniylar va islomchilar o‘rtasida harbiy harakatlar davom etadi. Ammo dunyo olimlari yangi to‘qnashuvlar ro‘y beradimi yoki mavjud mojarolar yanada chuqurlashadimi, aniqlashga muvaffaq bo‘lmadilar, deb yozgan Sputnik Estoniya.

Nostradamus, shuningdek, o‘z kitobida kelayotgan yilda Fransiya va Germaniyada rahbarlar o‘zgarishini bashorat qilgan.

Bundan tashqari, Fransiya suv resurslari muammosiga duch kelishi qo‘shimcha qilingan. Taxminlarga ko‘ra, mamlakat suv havzalari ifloslanib, aholi uzoq vaqtga suv tanqisligiga duch kelishi aytilmoqda.

Ayrim tanqidchilarning so‘zlariga ko‘ra, Nostradamus bashoratlari shunchaki taxmin va hissiyot asosida qilingan prognozlardan iborat, bu bashoratlarning insoniyatga hech qanday dahli yo‘q.

Nostradamus Qiyomat oldidan ro‘y beradigan voqealarni bashorat qilgan

2018 — Xitoy — dunyoning eng kuchli mamlakatiga aylanadi. Rivojlanayotgan davlatlar esa ekspluatatsiya qilinayotgan sinfdan ekspluatatorlarga aylanadilar.

2028 — Yangi quvvat manbaining kashf qilinishi. Ochlik asta-sekin yengiladi. Boshqariladigan fazo kemasi Veneraga qarab yo‘l oladi.

2046 — insonning istalgan tana a’zosi yetishtirila boshlaydi. Organlarni almashtirish davolashning eng yaxshi usullaridan biriga aylanadi.

2066 — Musulmon Rimga hujumi vaqtida AQSh iqlim deb atalgan yangi qurol turidan foydalanadi. Keskin havo sovib ketishi hodisasi ro‘y beradi.

2183 — Mars sayyorasidagi mustamlaka yadro derajavasiga aylanadi va Yer sharidan mustaqil bo‘lish talabini qo‘yadi (qachonlardir AQSh Angliyadan mustaqil bo‘lishni talab qilganidek).

2279 — "Hech vaqodan quvvat" (ehtimol, vakuum yoxud "qora tuynuklardan").

2480 — Ikkita sun’iy quyosh to‘qnashuvi. Yer shari qorong‘ilikda qoladi.

3797 — Bu vaqtga kelib Yer sharida jamiki tirik mavjudotlar qirilib ketadi, ammo insoniyat boshqa yulduzlar tizimida yangi hayot uchun manbaga asos solishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0