Jamiyat

Oʻzbekistonda birinchi etiket maktabi ochildi

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishTuzatilgan stol
Tuzatilgan stol - Sputnik Oʻzbekiston
Angliyaning yetakchi etiket maktabi hisoblangan The English Manner xizmatlaridan rasmiy hukumat vakillari, diplomatlar, oqsuyaklar va hatto qirol oilasi vakillari ham foydalanishadi.

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Buyuk Britaniyaning yetakchi etiket maktablaridan biri boʻlgan The English Manner 2017 yilning yanvarida Toshkentda oʻzining rasmiy vakolatxonasini ochmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Buyuk Britaniyada ushbu maktab katta muvaffaqiyat qozongan boʻlib, ularning mijozlari orasida rasmiy hukumat vakillari, diplomatlar, oqsuyaklar va hatto qirol oilasi vakillari ham bor. Shuningdek ushbu maktab bilan dunyoning yetakchi oliygohlari va Chopard, Chanel, Louis Vuitton, Maserati kabi kompaniyalari hamkorlik qilishadi.

Oʻzbekiston hududida Intelligent Perception taʼlim markazi ushbu Britaniya maktabining vakili vazifasini bajaradi.  Toshkentda vakolatxona ochish jarayoni bir yildan ortiq vaqt talab qildi.

“Vakolatxona ochish uchun bir necha marta tashrif uyushtirish, franshiza talablarini bajarish, Intelligent Perception xodimlari uchun oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish hamda xalqaro trening dasturini Oʻzbekiston mahalliy urf-odatlarga moslashtirish uchun uzoq vaqt kerak boʻldi”, — deyilgan maktabning rasmiy murojaatida.

Maktabning Toshketdagi vakolatxonasida 6 yoshli bolalardan boshlab katta yoshli turli doira vakillari uchun mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Mashgʻulotlar 10-15 kishilik guruhlar hamda individual tarzda oʻtkazilishi mumkin.

Shuningdek kerak boʻlganda Intelligent Perception xodimlari joylarga chiqib alohoda kompaniya xodimlari uchun mashgʻulotlar oʻtkazishi mumkin. Mashugʻlotlar yakunida oʻquvchilar The English Manner tomonidan tasdiqlangan sertifikat olishadi.

Oʻquv mashgʻulotlari 2017 yilning fevralida boshlanadi, roʻyxatdan oʻtish esa allaqachon boshlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala