Siyosat

Oʻzbekistonda yoppasiga kadrlar almashuvi roʻy bermoqda

© Flickr / Stefan MunderOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi binosi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi binosi - Sputnik Oʻzbekiston
Rustam Azimov Moliya vaziri lavozimidan ozod etildi, Respublika ayollar kengashiga ham yangi rahbar tayinlandi. Shu va boshqa oʻzgarishlar haqida xabarlarni eʼtiboringizga taqdim etamiz

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda kadrlar almashuvi davom etmoqda. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Oliy Majlisining qoʻshma majlisida Bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini taklif qilgan edi.

Deputatlar va senatorlar orasida oʻtkazilgan ovoz berish natijalariga koʻra, Aripov ushbu lavozimga tasdiqlandi.

15 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Rustam Azimov oʻz lavozimidan ketgani xabar qilindi.

Azimovning oʻrniga 2011 yilning 1 noyabridan Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan Botir Xodjayev Moliya vaziri lavozimini egalladi.

© «Uzbekiston temir yullari»Oʻzbekiston temir yoʻllari rahbari Achilbay Ramatov Bosh vazir oʻrinbosari etib tayinlandi
Predsedatel pravleniya kompanii Achilbay Ramatov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston temir yoʻllari rahbari Achilbay Ramatov Bosh vazir oʻrinbosari etib tayinlandi

Yaqinga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimini egallab kelgan Elmira Basitxanova 2016 yilning 12 dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlandi.

Rustam Azimov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Rustam Azimov oʻz lavozimini tark etdi
15-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi hamda Bosh vazir oʻrinbosari lavozimini Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi, pedagogika fanlari nomzodi Narbayeva Tanzila Kamalovna egalladi.

Soʻnggi xabarlarga koʻra, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ rahbari Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan.

Rasmiy manbaning "Darakchi" nashriga maʼlum qilishicha, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari etib "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ raisi Ramatov Achilbay Jumaniyazovich tayinlangan. Ramatov, shuningdek, oʻz kompaniyasida raislik faoliyatini davom ettirishi maʼlum qilinmoqda.

Shuningdek, Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlandi. Viloyat hokimi lavozimiga Bobayev Shukrullo Habibullayevich nomzodi koʻrib chiqilgan va viloyat kengashi deputatlari qoʻllab-quvvatlashi bilan bir ovozdan maʼqullangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala